Telegram Group Search
Bilimingiz hammasiga nuqta qo'yadi, yoki...

Dunyo bozorida ish topa olmayotganlar ham, ishchi topa olmayotganlar ham juda ko'p. Bu ikki taraf talablari sira bir-biriga mos tushmaydi.

Siz zo'rsiz, ko'p narsani bilasiz, lekin chet tilini bilmasligingiz ba'zida hammasiga nuqta qo'yadi. Qachonki qiyinchilikni bo'yningizga olasiz, har kuni o'qiysiz, nimadir o'rganasiz, keyin natija haqida o'ylashga haqqingiz bo'ladi.

Eng asosiysi, faqat kasb bilish (hard skills) emas, balki yaxshi qadriyatlarga, muomalaga (soft skills) ega bo'lishingiz sizni sohangizda yuksaltiradi.

@programmer_uz
Bitta misol keltiraman. Bir necha kun oldin Ukarina davlatidan bir loyihaga taklif tushdi, qabul qildim. Muzokara qildik, tanishdik va meni imtihondan o'tkazishdi. Meni flutter bo'yicha taklif qilishgandi, lekin to'satdan "Javani bilasizmi, bir kichkina loyiha bor, sizga test tariqasida beramiz" deyishdi.

Odatda, ishga kirishda bunaqangi test loyihalar ko'p holatda albatta beriladi. Ha bilaman, dedim va loyihani oldim. Uni yakunlash bir necha soat vaqt oldi, xolos. Loyihani topshirdim. Ular mendan hisob raqam so'rashdi, berdim.

Qarasam, hisob raqamimga pul o'tkazishibdi. U katta summa emas, kichkina loyihaga yarasha. Lekin bu kompaniya oddiy test loyiha uchun ham pul to'lagan menga uchragan birinchi kompaniya bo'ldi.

Ular men bilan yana suhbatlashishdi va birga ishlashni davom ettirishimni, faqat endi haqiqatda ham flutter testidan o'tishimni so'rashdi. Ko'ndim, u ham paid test bo'lsa kerak )

Bularni sizga nega aytayapman?

Har kuningizni ilm olishga sarflang va har kuni nimadir o'rganing. Sifatli ish qilishingiz, mijozni sizda qolishiga, yana birga ishlashga, yangi hamkorlikka, loyihalaringiz ko'p bo'lishiga sabab bo'ladi.

Daromad vaqti o'zi keladi, shoshilmang. Rizqingiz ham qanchalik mehnat qilishingizga yarasha bo'ladi. Sababini qilib qo'ying.

Bu post sizga nimalar bera oldi? Izohda fikringizni kutaman.

Postni esa o'zingizga saqlab qo'ying.

@programmer_uz
Ommaviy testga chaqiraman

Programmer UZ Mobil ilovasining v1.0.5 versiyasida yangi imkoniyatlar kutilayapti.

Shu orada ilovada o'zgarishi kerak deb hisoblaydigan element, kamchilik yoki qandaydir xatolik topgan bo'lsangiz, @procontactbot ga yozib yuboring.

Imkon qadar yanada yaxshi resurs bilan sizlarni ta'minlaymiz. Kuzatib boring.

@programmer_uz
Aldanib qolmang!

So'nggi kunlarda ko'pchilikdan murojaat kelib tushmoqda. Unga ko'ra, bizning videokurslardan shaxsiy manfaati yo'lida foydalangan va uni "O'zimizniki" deya foydalanuvchilariga pullagan tashkilotlar uchrayapti ekan. Ayanchlisi, bepul joylangan darslarning aksariyati millionlarga sotilishi fakt qilib keltirildi.

Bu kabi murojaatlarga bitta qilib javob beraman:

1. Bizning darslardan foydalanish huquqi hech qaysi tashkilotga berilmagan. Agar siz boshqa joylarda bizning darslarni uchratadigan bo'lsangiz, bu haqida asos keltirib, xabar berishingizni so'raymiz.

2. Bizdan boshqa hech kimga bizning kurslarni sotishga huquq berilmagan. Agar boshqalar bizni kurslarimizni sotayotganini ko'rsangiz, bilingki, ular firibgarlar!

3. Ishga topshirayotganda shartnoma tuzib oling va uni har bir punktini diqqat bilan o'qib chiqing. Majburiy mehnatdan saqlaning!

4. Bizning eng ko'p darslarimiz YouTubeda bepul joylangan. Siz uni xolisona tavsiya etishingiz mumkin, lekin bu ularni yuklab olib, shaxsiy platforma, bot, ilova va shunga o'xshash tizimlarda foydalanishni anglatmaydi.

5. Biz shunchaki kanal yoki blog emasmiz. Programmer UZ MCHJ - Axborot texnologiyalari sohasida dasturlar, ilovalar, web-sayt, bot, videokurslar va boshqa IT-xizmatlar ko'rsatuvchi korxona. Hozirda IT PARK, PayME va Pro-Data Tech korxonalari bilan hamkorlik qilamiz.

@programmer_uz
Qaynoq post chiqdi. ⤵️

O'qisa bo'ladi. Foydali bo'lishi ham mumkin.

1-2 daqiqa vaqt oladi.

🔗 @bobobekuz 👈🏻
Forwarded from Mᴏʟɪʏᴀ ᴜᴢ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekistonda QIWI elektron pullar tizimiga o'tishga ruxsat berildi.
___________________________
YouTube | Instagram | Telegram | TikTok
Bu endi nafaqat Click, Payme tizimlari, balki loyihalarda QI-WI uchun ham to'lov tizimini joriy qilishga yordam beradi.
Tadbirkorlik faoliyatini olib borishda islomiy qonunlarga amal qilish, halol ish yuritish, umuman ahamiyatga moyil bo'lgan har qanday mavzuni kengroq yoritishni asosiy masala qilib qo'ydik.

Turli kanallarda joylangan Islom moliyasiga aloqador bo'lgan kontentlarni bir ilovada jamladim.

Ilovadan yagona maqsad - ilm ulashish. U reklamalardan holi va hech qanday moddiyatga asoslanmagan.

O'zingiz uchun o'rnating va boshqalarga ham ulashing.

🔗 https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.programmer.islom_moliyasi

@programmer_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Inha Universiteti - 2021

Ko'p bilim, kuchli networking va yaxshi atmosferada o'qishni yakunladim.

Bir sahifa yopildi. Keyingisini ochamiz...

@programmer_uz
Endi darslarni internetsiz ko'rasiz 💣

Programmer UZ mobil ilovasining 1.0.5 versiyasi e'lon qilindi.

Bu versiyada 2 asosiy nuqtaga e'tibor qaratildi:

- Videolar maksimal tiniqlikda berilishi ta'minlandi
- Xarid qilingan kurslar uchun offline ko'rish imkoniyati yaratildi

U qanday ishlaydi?

- Video darsning o'ng burchagida yuklab olish knopkasi bor (pastki strelka)
- Knopka orqali darsni yuklab olasiz
- Ilovaning mening kurslarim bo'limidan offline rejimga o'tish uchun maxsus knopka bor. Offline rejimga o'tib, darslarni internetsiz ko'rishingiz mumkin.

Eslatma:

- Videoni yuklab olish faqat premium kurslarda amal qiladi. Ya'ni siz kursni xarid qilgan bo'lsangizgina uni yuklab olib ko'rishingiz mumkin.
- Tarifga asoslangan kurslar yoki bepul darslarni yuklab olib bo'lmaydi.

🔗 Ilovani o'rnating yoki v1.0.5 versiyada yangilang

@programmer_uz
Programmer.uz || Dasturlash haqida
Endi darslarni internetsiz ko'rasiz 💣 Programmer UZ mobil ilovasining 1.0.5 versiyasi e'lon qilindi. Bu versiyada 2 asosiy nuqtaga e'tibor qaratildi: - Videolar maksimal tiniqlikda berilishi ta'minlandi - Xarid qilingan kurslar uchun offline ko'rish imkoniyati…
Hozirda Telegramda bot yaratish kursi sinov tariqasida qo'yilgan. Yaqin kunlarda boshqa kurslar ham offline ko'rish uchun chiqariladi va u sizda avtomatik tarzda chiqadi. Shunchaki kuzatishda davom eting.
Flutter kursimiz matnli darslar bilan ham boyitilishi boshlandi.

Matnli darslarni saqlash imkoniyatini ilovaning yangi v1.0.6 versiyasida qo'shdik.

🔗 Ilovani v1.0.6 versiyada yangilang
Bu birinchi post😅
2025/06/14 21:07:08
Back to Top
HTML Embed Code: